Xivada dunyo polvonlari poyezd lokomotivini tortib kuch sinashdi

Xiva shahrida ilk bor polvonlar piri Pahlavon Mahmudxotirasiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan “Bahodirlar oʻyinlari” xalqaro turnirining hal qiluvchi ikkinchi kungi bellashuvlari boshlandi.

Musobaqada qatnashchilari “Xiva” temir yoʻl vokzalida “Oʻzbekiston poyezdi” sharti boʻyicha lokomotiv(teplovoz)ni 20 metr masofaga tortish boʻyicha bahs yuritishdi. Ularning mahoratini yuzlab muxlislar kuzatishdi. Eʼtiborlisi, tomoshabinlar qatorida chet ellik sayyohlar ham bor edi.

Sportchilarning chiqishlarini xorijiy hakamlar boshqarib borishmoqda.

Yakuniy natijalarga koʻra, ushbu mashqni bajarishda birinchi oʻrinni Ukraina davlatining 2019-yilgi chempioni Pavlo Kordiyaka egalladi. Ikkinchi oʻringaOʻzbekistonning 46 karra, jahonning ikki marta chempioni va Osiyoning mutloq gʻolibi Sergey Trubitsin sazovor boʻldi. Uchinchi oʻrinni esa Janubiy Amerikaning 2018-yilgi engkuchli odami Vagner Menetses Dos Santoz band etdi.

Eslatib oʻtamiz, “Bahodirlar oʻyinlari” gʻolib va sovrindorlari alohida shart boʻyicha emas, yettita shart jarayonida yigʻilgan jami ochkolar boʻyicha aniqlanadi.

-Turnirimiz oʻziga xos jozibadorligi bilan barchaga xush kayfiyat bagʻishlayapti, -dedi viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Sh.Madaminov. –Binobarin, jahonning eng kuchli polvonlarining kuch-quvvatini, mahoratini bevosita tomosha qilish imkoniyati hamma vaqt ham boʻlavermaydi. Bugun kechqurun musobaqamizning gʻolib va sovrindorlarining nomi maʼlum boʻladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
22.08.2019 | 13:01
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169