Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi oʻrtasida memorandum imzolandi


Bugun, 7-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha vakili Ashita Mittal xonim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Vazirlik rahbariyati bilan boʻlgan uchrashuvda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish – yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish vositasi sifatida qoʻllab-quvvatlash masalasi muhokama qilindi. Mehmonlarga yurtimiz aholisi oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida maʼlumot berildi.

Tadbirda soʻz olgan jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirar ekan:

– Yurtimizda yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularni foydali mashgʻulotlarga jalb etish orqali boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Prezidentimiz tomonidan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish qaratilgan 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi. Mazkur tashabbuslardan ikkinchisi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan boʻlib, ushbu vazifalarni amalga oshirishda siz bilan hamkorlik qilish ayni muddao boʻlar edi – dedi vazir.

Ikki tomonlama hamkorlikni muhokama etish jarayonida Ashita Mittal xonim tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilayotgan beshta tashabbusning yoshlarni zararli odatlardan, jinoyatchilikdan asrashdagi ahamiyatini taʼkidladi.

Uchrashuv mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va BMT NJB Markaziy Osiyo oʻrtasida oʻzaro anglashuv Memorandumi imzolanib, unda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish va boshqa masalalar yuzasidan hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari va shakllari belgilandi.

Jumladan, tomonlar chekka hududlardagi trenerlar uchun malakali xorijlik mutaxassislar ishtirokida seminarlar tashkil etish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilinadigan va televideniye orqali efirga uzatiladigan videoroliklar tayyorlash ishlarini yoʻlga qoʻyishga kelishib olishdi.

Yakunda oʻzaro amaliy hamkorlik yuzasidan aniq tadbirlar rejasi tuzish masalasida kelishuvga erishildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.10.2019 | 13:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169