Qonlikoʻlda “Jayhun” stadioni foydalanishga topshirildi

Joriy yilning 1-iyun kuni Qonlikoʻl tumanida yangidan barpo etilgan, ming oʻringa moʻljallangan “Jayhun” stadioni foydalanishga topshirildi.

Stadionning tantanali ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi M.Yerniyazov soʻzga chiqib, bugungi kunda Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizning barcha joylari qatorida Qonlikoʻl tumanida ham olib borilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari haqida aytib, yosh avlodni jismonan sogʻlom qilib tarbiyalashda sportning oʻrni va joylarda yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar xususida ham toʻxtalib oʻtdi.

Shundan soʻng M.Yerniyazov tomonidan qonlikoʻllik yosh sportchilarga Prezident sovgʻalari - sport anjomlarini topshirdi.

Zamonaviy koʻrinishda barpo etilgan, sunʼiy qoplama toʻshalgan mazkur oʻyingohda qonlikoʻllik yoshlar millionlar uyini hisoblangan sportning futbol turi bilan muntazam shugʻullanish imkoniyatiga ega boʻldi.

Shu kuni yangi stadionda Xoʻjayli va Qonlikoʻl tumanlari yoshlari, shuningdek, Nukus shahri hamda Xoʻjayli tumani veteran sportchilari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvlari ham tashkil etildi.

Tantanali marosim respublikamiz sanʼatkorlari ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
22.08.2019 | 13:01
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169