Ogʻir atletikachimiz Adhamjon Ergashev jahon chempionatida 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi


1-8-iyun kunlari Fiji davlatining Suva shahrida ogʻir atletika boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida jahon chempionati oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Oʻtgan yili poytaxtimiz mezbonlik qilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon birinchiligida oltin medalni qoʻlga kiritgan Adhamjon Ergashev bugun chempionlikni munosib himoya qila oldi.

Eslatib oʻtamiz oʻtgan yilning kuzida Xalqaro federatsiya vazn toifalarini oʻzgartirishga qaror qilgan edi. Shunday qilib Ergashev jahon chempionatida birinchi marta -67 kg guruhida shohsupaga koʻtarildi. U oʻzining eng yaqin taʼqibchisi, kumush medal sohibi Muhammad Furqon Oʻzbekni 7 kilogrammga ortda qoldirdi.

Yengil vaznlarda bunday farq yetarlicha katta ustunlik hisoblanadi. Yana bir ahamiyatli jihati dast koʻtarishda ham siltab koʻtarishda ham raqiblariga imkoniyat qoldirmagan Adhamjon 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Ushbu vazn toifasi bronza medali rossiyalik Zulfat Garayevga nasib etdi.

Ogʻir atletika boʻyicha

yoshlar oʻrtasida Jahon Chempionati

Fiji, Suva

Erkaklar, -67 kg.:

1. Adhamjon Ergashev (Oʻzbekiston) – 314 kg (141 kg + 173 kg)

2. Muhammad Furqon Oʻzbek (Turkiya) – 307 kg (135 kg + 172 kg)

3. Zulfat Garayev (Rossiya) – 300 kg (137 kg + 163 kg)

Eng muhimi Adhamjon Ergashev Tokio Olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritish uchun qimmatli reyting ochkolarini jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Endi yana bir umidli sportchimiz Akbar Joʻrayev chiqishi kutib qolamiz. U medallar uchun 109 kg vazn toifasida bellashadi.
 

 


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169