Navoiyda badiiy gimnastika boʻyicha bir yoʻla ikkita xalqaro turnir oʻtkazildi

29-31-may kunlari Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida badiiy gimnastika boʻyicha “Qizilqum oltini” xalqaro turniri hamda xalqaro toifadagi sport ustasi A.Beresteskaya xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqalarda Oʻzbekiston, Rossiya va Qozogʻistondan 250 nafar sportchi ishtirok etdi.

Musobaqalarda yurtimiz sharafini Toshkent, Samarqand, Buxoro, Fargʻona, Jizzax, Namangan va Navoiy viloyati jamoalari himoya qilishdi.

Musobaqalar oltita yosh toifasida – 2007– 2013-yillarda tugʻilgan sport ustasi va sport ustaligiga nomzod gimnastikachilar oʻrtasida oʻtkazildi. Sportchilar yakkalik va guruhlar oʻrtasida koʻpkurash boʻyicha bahsga kirishdilar.

“Qizilqum oltini” turnirida sport ustasi va sport ustaligiga nomzodlar alohida bellashdi.

Musobaqalarda 19 ta toʻplam medallar shodasi oʻynaldi. Oʻzbekistonlik gimnastikachi qizlar 13 ta oltin, 15 ta kumush va 17 ta bronza – jami 45 ta medalni qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston terma jamoasi safidagi sport ustaligiga nomzodlar 100 foizlik natija koʻrsatib, oʻz toifasida barcha oʻrinlarni egallashdi.

Maʼlumot uchun, “Qizilqum oltini” anʼanaviy turniri 1988-yildan beri oʻtkazilib, 1995-yildan boshlab xalqaro darajaga ega boʻlgan. Ushbu musobaqada turli davrlarda Yevropa, jahon va Olimpiya oʻyinlari chempioni boʻlgan Alina Kabayeva, Yana Batыrshina va Amina Zaripova kabi mashhur gimnastikachilar ishtirok etgan.

Navoiydagi “Soʻgʻdiyona” bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi boʻlgan Anastasiya Beresteskaya, badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, xalqaro toifadagi sport ustasi, Pusanda oʻtgan (Janubiy Koreya) Osiyo oʻyinlari, Osiyo chempionatlari, jahon kubogi bosqichlari hamda koʻplab xalqaro turnirlar gʻolibi va ishtirokchisi hisoblanadi. 2009-yilda fojiali tarzda vafot etgan sportchimiz xotirasiga bagʻishlangan turnir 2010-yildan beri oʻtkazib kelinadi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
22.08.2019 | 13:01
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169