Buxoroda “Milliy oʻyinlar yoshlar nigohida” shiori ostida sport festivali oʻtkazildi

Xabaringiz bor, joriy yilning may oyi respublikamizda “Sport oyligi” deb eʼlon qilingan boʻlib, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish maqsadida hududlarda turli ommaviy sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri sifatida Buxoro viloyati Kogon shahrida “Milliy oʻyinlar - yoshlar nigohida” shiori ostida milliy oʻyinlar festivali va bir qator sport turlari boʻyicha musobaqalar tashkil etildi.

 

Festival doirasida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida “Xoʻrozlar jangi”, “Xalqalar jangi”, “Oq terakmi - koʻk terak”va boshqa shu kabi milliy oʻyinlari boʻyicha bellashuvlar tashkil etildi.

Shuningdek, 100 nafarga yaqin sportchi oʻquvchilar ishtirokida badiiy gimnastika, stol tennisi, shaxmat hamda kurash boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.

Musobaqa gʻoliblari “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi Kogon shahri boʻlimi tomonidan diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169