Qashqadaryoda sport malikalari aniqlandi

26-may kuni Qarshi shahridagi viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar gimnastika sport maktabida badiiy gimnastika boʻyicha 2004-2014-yillarda tugʻilgan qizlar oʻrtasida Sport malikalari musobaqasi oʻtkazildi.

Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat badiiy gimnastika federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan turnir Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning ikkinchisi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish boʻyicha berilgan topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.

Musobaqada mezbon Qashqadaryo viloyati sportchilaridan tashqari Toshkent va Buxoro viloyatidan kelgan 100 nafardan ortiq sportchi qizlar ishtirok etishdi.

 

Yakuniy natijalarga koʻra, musobaqada eng koʻp medalni mezbon qashqadaryolik qizlar qoʻlga kiritishgan boʻlsa, ikkinchi oʻrin buxorolik gimnastikachi qizlarga hamda uchinchi oʻrin Toshkent viloyatidan tashrif buyurgan sport malikalariga nasib etdi.

Musobaqada gʻolib boʻlgan sportchi qizlar tashkilotchilar tomonidan medal hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

 

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
24.09.2020 | 18:58
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169