Yozgi taʼtil sport bilan yanada maroqli oʻtadi

Umumtaʼlim maktablarida oʻquv yili yakunlanayotgan shu kunlarda ota-onalar yozgi taʼtilda farzandlarining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish borasida reja tuzayotgani tabiiy.

Bu boradagi barcha rejalarning amalga oshishi esa Prezidentimizning 2018 yil 5 martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorining samarali ijrosi bilan bogʻliq. Nima uchun, deysizmi? Negaki, shu qarorda respublikamizning barcha tumanlarida jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari tashkil etilishi koʻzda tutilgan. Bundan koʻzlangan maqsad aholi, ayniqsa, navqiron avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishi orqali boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishdir.

Poytaxtimizning Mirobod tumanida ham yoshlarning yozgi taʼtil vaqtini maqsadli oʻtkazishi uchun samarali ishlar qilingan.

Hududda bolalar va oʻsmirlar sport, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxiralari, oliy mahorat sport maktablari, 39 sport zal, 4 basseyn, 58 sport maydonchasi va boshqa turdagi 25 sport inshooti bolalar va yoshlar foydalanishi uchun shay holatda. Shuningdek, tumandagi taʼlim muassasalarida 53 sport seksiyasi faoliyat yuritadi. Ularda 145 sport murabbiyi shogirdlari bilan muntazam shugʻullanmoqda.

Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida “Ayollar sport festivali”, ”Ochiq eshiklar kuni”, ”Sport festivali”, oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sport musobaqalari tashkil etib kelinmoqda.

Jumladan, bugungi kunga qadar oʻtkazilgan sport musobaqalari va tadbirlarda jami 10 mingga yaqin bolalar qamrab olindi. Natijada sportsevar yoshlar safi koʻpaymoqda. Ana shu eʼtibor samarasida mirobodlik yoshlar oʻtgan yili Toshkent shahar spartakiadasida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.

Tumanda bunyod etilayotgan yopiq suzish havzasi va sunʼiy qoplamali futbol maydoni joriy yilda foydalanishga topshiriladi.

– Tumanimizdagi ayrim sport maktablari, umumtaʼlim maktablarida sport inventarlar va jihozlari yetishmaydi, – deydi Mirobod tumani jismoniy tarbiya va sport boʻlim rahbari Bahodir Baxromov. – Bu boradagi ishlar haligacha kechikmoqda. Shuningdek, jismoniy tarbiya oʻqituvchilarining malaka oshirishini ham tashkiletish joiz.

Bugungi kunda Mirobod tumani 2-bolalar va oʻsmirlar sport maktabida tashkil etilgan suzish, voleybol, tennis, taekvondo (WTF), taekvondo (ITF), dzyudo, armrestling, turon, boks, badiiy gimnastika, futbol kabi toʻgaraklariga mingdan ziyod bolalar jalb etilgan.

– Sport maktabimizda yozgi taʼtil kunlariga kelib shugʻullanuvchilar soni keskin ortadi, – deydi sport maktabi direktori Mehri Qurbonova. – Shunday boʻlsa ham maktabimizda ular uchun barcha sharoit muhayyo qilingan. Biroq ayrim oilalar turmush tashvishlari bilan boʻlib, farzandlarining boʻsh vaqti qanday oʻtayotganiga eʼtibor bermaydi.Shu tufayli bola ayni bilim olib, jismonan chiniqadigan davrda koʻp imkoniyatini yoʻqotadi. Bu uning kelajagiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Bugun maktabning futbol maydoni, sport zali, ochiq havodagi jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishga moʻljallangan maxsus hudud, tibbiyot, yuvinish va kiyinish xonalari yoshlar ixtiyorida. Bu yerga yangi kelgan bola dastlab toʻgʻri yugurish, chigalyozdi mashqlar va sport jihozlari bilan ishlashni oʻrganadi. Soʻngra oʻzi xohlagan sport turi boʻyicha mashgʻulotlarni davom ettiradi.

OʻzA

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.10.2019 | 13:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169