Gandbol: Toshkent shahri o‘smirlari yurtimizda tengsiz

 

Gandbol: Toshkent shahri o‘smirlari yurtimizda tengsiz

 

Poytaxtimizda gandbol bo‘yicha 2002-2003 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston birinchiligida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlardan (faqat Qashqadaryo bundan mustasno) 15ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Bugun musobaqa g‘oliblari aniqlandi. Dastlab 5-o‘rin uchun kechgan bahsda Namangan va Toshkent viloyati o‘smirlari maydonga tushdi. Murosasiz o‘tgan bahsda omad poytaxt viloyati vakillariga nasib etdi – 30:25.

Tosh-And (6).jpg

 

Musobaqa avvalida g‘oliblikka asosiy da’vogarlardan biri sifatida e’tirof etilgan, hatto guruh bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Xorazm viloyati gandbolchilarining pley-off bahslarida omadi umuman yurishmadi. Ular avvaliga chorak finalda andijonlik tengqurlariga yutqazib qo‘yishgan bo‘lsa, keyinchalik o‘ta murosasiz kechgan o‘yinda Toshkent viloyati jamoasiga ham atigi bir to‘p farqi bilan (37:36) imkoniyatni boy berdi. Faqat 7-o‘rin uchun kechgan bahsda ular Farg‘ona viloyati yosh gandbolchilarini 34:30 hisobida yengdi.

 

Tosh-And (3).jpg

 

3-o‘rin uchun kechgan bahsda Qoraqalpog‘iston Respublikasi gandbolchilari Surxondaryo viloyati jamoasidan sezilarli ustunlikka erishdi va 45:36 hisobida g‘alaba qozonib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Nihoyat final o‘yinida Toshkent shahri va Andijon viloyati jamoalari to‘qnash keldi. Shuni ta’kidlash kerak, bu jamoalar bir guruhdan joy olgan va unda poytaxtliklarning qo‘li baland kelgandi. Keyinchalik Andijon viloyati jamoasi barcha uchrashuvlarda g‘olib chiqdi va finalgacha yetib keldi. Biroq, bu safar ham Toshkent shahri jamoasiga ularning kuchi yetmadi – 45:34 va bosh sovrin poytaxtda qoldi.

 

Tosh-And (5).jpg

 

- Bu yilgi mamlakat birinchiligida ishtirokchi jamoalar geografiyasini kengaytirishga harakat qildik va guvohi bo‘lganingizdek, unda respublikamizning barcha hududlaridan jamoalar qatnashdi. Ilgari “gandbol” deganda ko‘z oldimizda asosan Toshkent shahri va viloyati, qisman Sirdaryo shahri gavdalanardi. Hozir yurtimizning barcha hududlarida ushbu sport turi ommalashmoqda. Bu yilgi musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyati jamoalari menda iliq taassurot qoldirdi. Umid qilamnki, bu yoshlar yaqin kelajakda O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro maydonlarda yanada yuqoriga ko‘tarishadi, - deydi taniqli mutaxassis Mitxat Bekmetov.

 

Tosh-And (4).jpg

 

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan kubok, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

 

O‘zA

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.11.2019 | 12:05
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169