Yoshlarimiz ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etishadi

1-8 iyun kunlari Fuji davlatining Suva shahrida ogʻir atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Dunyoning 20 yoshgacha boʻlgan kuchli atletlari ishtirok etadigan mazkur musobaqada yurtimiz sharafini terma jamoamiz aʼzolari Adhamjon Ergashev (-73 kg) va Akbar Joʻrayev (-109 kg) himoya qilishadi.

51 davlatdan 500 nafardan sportchilar ishtirok etishi kutilayotgan jahon birinchiligi 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlariga yuqori reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ham ahamiyatlidir.

Shuningdek, ushbu musobaqa vakillarimiz uchun joriy yilning sentyabr oyida Tailand davlatida boʻlib oʻtadigan kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini bajaradi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan 2018 yilda ogʻir atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 7-14 iyul kunlari Toshkent shahrida oʻtkazilib, unda Adhamjon Ergashev oltin, Akbar Joʻrayev kumush medalni qoʻlga kiritgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169