Gandbol: Toshkentda oʻsmirlar oʻrtasida mamlakat birinchiligi davom etmoqda

Poytaxtimizdagi sport oʻyinlari va yengil atletikaga ixtisoslashgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida gandbol boʻyicha 2002-2003 yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston birinchiligi oʻtkazilmoqda. Unda Qashqadaryo viloyatidan tashqari respublikamizning barcha hududlari jamoalari gʻoliblik uchun bahslarga kirishdi.

Avvaliga jamoalar 4ta guruhga taqsimlanishdi. Unga koʻra oʻz guruhlarida dastlabki ikki oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoalar gʻoliblik uchun kurashni davom ettirsa, 3-oʻrin sohiblari 9-12-oʻrinlar uchun bahs yuritardi. Murosasiz kechgan kurashlar natijasida “A” guruhidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Namangan viloyati, “V” guruhidan Toshkent shahri va Andijon viloyati, “S” guruhidan Surxondaryo va Toshkent viloyatlari, nihoyat “D” guruhidan Xorazm va Fargʻona viloyati jamoalari pley-offga chiqishdi.

Hal qiluvchi bosqichda kutilganidek Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shuningdek Surxondaryo hamda Andijon viloyati jamoalari yarim final bosqichida kurashni davom etttiradigan boʻldi. Aksincha, guruh bosqichida ajoyib oʻyinlar namoyish etgan xorazmliklar chorak finalda andijonlik tengqurlariga imkoniyatni boy berdi - 36:30. Xolbuki Xorazm viloyati jamoasi gʻoliblikka asosiy daʼvogarlardan biri sifatida eʼtirof etilayotgan edi.

Pley-off bosqichida qayd etilgan natijalar:

9-12-oʻrinlar uchun

Jizzax - Buxoro - 33:26

Navoiy - Sirdaryo - 52:51

1-8-oʻrinlar uchun

Qoraqalpogʻiston Respublikasi - Toshkent vil. - 38:35

Toshkent sh. - Fargʻona - 48:26

Namangan - Surxondaryo - 26:28

Andijon - Xorazm - 36:30

Musobaqa gʻoliblari ertaga aniqlanadi.

OʻzA

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.11.2019 | 19:51
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169