“Sport yulduzining kutilmagan tashrifi!” loyihasi davom etadi. Mashhur bokschilarimiz Uchtepadagi maktabga tashrif buyurishdi

Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan poytaxt yoshlarini sport qiziqtirish maqsadida “Sport yulduzining kutilmagan tashrifi!” loyihasi amalga oshirilayotgani haqida xabar bergan edik.

Unga koʻra yuqori natijalarga erishgan, professional sport yulduzlari kutilmaganda taʼlim muassasalariga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashadilar.

Joriy yilning yanvar oyida loyihaning ilk ishtirokchi-mehmoni - boks boʻyicha Olimpiya oʻyinlari gʻolibi Fazliddin Gʻoibnazarov Olmazor tumanidagi 224-maktab oʻquvchilari bilan suhbatlashgan edi.

Keyinchalik yana bir qator mashhur sportchilarimiz mazkur loyihada ishtirok etishdi. Shuningdek, 5-may kuni “Ekopark” hududida “Sport yulduzlari poytaxt yoshlari bilan” shiori ostida ommaviy sport tadbiri oʻtkazildi.

Kecha, 16-may kuni Olimpiada va jahon chempionati sovrindori, professional boksda “WBA InterContinental” kamari sohibi Murodjon Axmadaliyev hamda jahon chempionati sovrindori, ikki karra Osiyo chempionati gʻolibi, professional boksda “NABF Junior” titul kamari sohibi Bahodir Jalolov Uchtepa tumanidagi 74-maktabga tashrif buyurishdi.

Bayramona ruhda oʻtgan uchrashuvda chempionlarimiz yoshlar bilan samimiy suhbat qurib, ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi. Sportning foydali jihatlarini oʻz misolida isbotlab bergan mahoratli bokschilarimiz, oʻgʻil-qizlarga jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish boʻyicha oʻz tavsiyalarini ham berishdi.

Tadbirga shuningdek, tumandagi sport seksiyalari tarbiyalanuvchilari taklif etilib, ular tengdoshlariga oʻz mahoratlarini va erishgan natijalarini namoyish etishdi.

Ushbu loyiha ham Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusdan biri boʻlgan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish ishlarini jadallashtirishga qaratilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169