Samarqand xalqaro “Chellenjer”ga mezbonlik qilmoqda


Samarqand shahridagi “Dinamo” tennis kortida Professional tennischilar uyushmasi (ATR) musobaqalari taqvimidan joy olgan xalqaro “Chellenjer” turniriga mezbonlik qilmoqda.

Erkaklar oʻrtasida oʻtkazilayotgan musobaqaning ochilishida soʻzga chiqqan turnir supervayzeri A.Kornilov, Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari R.Qobilov va Samarqand shahar hokimi F.Rahimov barcha ishtirokchilarni katta sport bahsi bilan tabrikladi. Osiyo va Jahon kortlarida Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan Denis Istomin, Farrux Doʻstov kabi tennischilarimiz shunday musobaqalarda tajriba orttirgani eʼtirof etildi.

Shuningdek, musobaqada dunyoning 24 davlatidan 53 nafar mohir tennischilar qatnashayotgani ular safida 8 nafar oʻzbekistonlik ham borligi bizning faxrimiz ekanligi taʼkidlandi.

Bugun, 16-may kuni musobaqaning yakkalik bahslarida chorak finalchilar nomi aniqlanadi. Shuningdek, juftlik bahslarida hamyurtimiz rossiyalik Taymuraz Gabashlivi bilan birgalikda chorak final bosqichida finlyandiyalik Emil Ruusuvuori va rossiyalik Aleksander Jurbin juftligiga qarshi kortga tushadi.

Final bahsi 19-may kuni oʻtkaziladi.

Maʼlumot oʻrnida: Musobaqaning umumiy yutuq fondi 54 160 AQSH dollari etib belgilangan. Birinchi oʻrinni egallaganga 7 200 AQSH dollari beriladi, 2 oʻringa 4 240, yarim finalga chiqqanlarga 2 510, chorak finalga 1 460, 3 raundga 860, 2 raundga 520, 1 raundga 260 AQSH dollaridan beriladi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169