Rustam Shoabdurahmonov Milliy olimpiya qoʻmitasining prezidenti etib saylandi


Bugun, 15-may kuni Milliy olimpiya qoʻmitasida qoʻmita Bosh Assambleyasining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Milliy olimpiya qoʻmitasi mutasaddilari, sport federatsiya va assotsiatsiyalarning rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda qoʻmita prezidenti Umid Ahmadjonovni oʻz arizasiga binoan lavozimidan muddatidan oldin ozod etish masalasi koʻrib chiqildi. Bu masala ovozga qoʻyilib, bir ovozdan maʼqullandi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi rahbari Rustam Shoabdurahmonov nomzodi Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidentligi uchun ovozga qoʻyilib, bir ovozdan maʼqullandi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rustam Shoabdurahmonovni qoʻmitaning yangi rahbari sifatida tanishtirdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Rustam Mavzurovichni mazkur masʼuliyatli lavozimga saylangani bilan tabriklaydi hamda kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
22.05.2019 | 20:43
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169