Sport faxriylariga “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonlari topshirildi

Bugun, 13 may kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida bir guruh sport faxriylariga “Mehnat faxriysi” koʻkrak-nishonlari topshirilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. 

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ushbu koʻkrak nishonlari bilan taqdirlanganlar qatorida sport sohasi faxriylari ham bor.

 

Koʻkrak nishonlarini egalariga topshirgan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Qosimov sport faxriylarini mukofotlar bilan qutlar ekan, ularga yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish va ommallashtirish yoʻlidagi saʼy-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Yengil atletika boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi murabbiylari Ozod Roʻzmetov, Alim Axmedjanov hamda Oʻzbekiston sport tashkilotlari faxriylari Kengashi raisi Komiljon Xudoyberganovga I darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni topshirildi.

Shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi kafedra mudiri Maxmud Axmatov, sport oʻyinlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining basketbol boʻyicha murabbiyi Stepan Lebedev hamda Sport yakkakurashlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining boks boʻyicha murabbiyi Najib Arlanovga II darajali “Mehnat faxriysi”koʻkrak nishoni topshirildi. 

Maʼlumot uchun, I, II va III-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarida koʻp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan shuningdek, farzandlarimizni jamiyat oldida masʼuliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bagʻishlab, jamiyatimizda hurmat qozongan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimizni, munosib taqdirlash maqsadida taʼsis etilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati
 


 

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.12.2019 | 21:29
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169