Buxoroda viloyat hokimi boshchiligida yurish marafoni oʻtkazildi

Kecha, 12 may kuni Buxoro shahrida “Men sogʻlom turmush tarafdoriman” shiori ostida yurish boʻyicha marafon va “Buxoro” sport majmuasida ommaviy badantarbiya oʻtkazildi.

Ushbu tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabridagi “Yuqumli boʻlmagan kasalliklarning profilaktikasini, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash hamda aholi orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish maqsadida tashkil etildi.

Marafonga Buxoro viloyat hokimi Oʻktam Barnoyev boshchilik qildi.

Shu kuni ertalab viloyat hokimi oʻrinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona va tashkilot mutasaddilari va xodimlari, taniqli estrada xonandalari va kino aktyorlari, talabalar, umuman olganda, sogʻlom turmush tarzini salomatlik asosi deb bilgan hamyurtlarimiz Buxoro neft va gaz sanoati kolleji yonida jam boʻlishdi.

Tadbirda yurtimizda jismoniy tarbiya va sport ommalashtirishga qaratilgan tadbirlarning faol ishtirokchisi, Olimpiya oʻyinlari sovrindori, boks boʻyicha jahon chempioni Shahram Gʻiyosov ham ishtirok etdi. Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi tomonidan yosh kartingchilarning ham ishtiroki taʼminlandi.

Oʻn ming nafarga yaqin marafon qatnashchilari Buxoro neft va gaz sanoati kollejidan “Buxoro” sport majmuasiga boʻlgan masofani bosib oʻtishdi. Majmuada esa badantarbiya mashqlari oʻtkazildi. Tadbirda soʻz olgan viloyat hokimi Oʻktam Barnoyev sogʻlom turmush tarzining ahamiyati xususida soʻz yuritar ekan, endilikda bu kabi tadbirlarni keng qamrovda va doimiy tarzda ravishda oʻtkazib turilishini taʼkidladi. Sogʻlom turmush tarzining muhim shartlaridan biri boʻlgan yurish va badantarbiya targʻibotiga hissa qoʻshish, bu borada aholi qiziqishini oshirishda barchani faollikka chorladi.

Maʼlumot uchun, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra, inson salomatligi 55 foiz holatda sogʻlom turmush tarziga, 20 foizi yashayotgan ekologik muhitiga, 15 foizi irsiy omillarga, bor yoʻgʻi 10 foizi tibbiyotga bogʻliq ekan. Demak, sogʻlom turmush tarziga muntazam ravishda amal qilish turli xastaliklardan xoli, chiroyli va baxtli yashash omilidir.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
22.05.2019 | 20:43
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169