Xalqaro musobaqada gʻolib boʻlgan gandbolchi qizlarimiz munosib kutib olindi

Joriy yilning 6-12-may kunlari Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Bator shahrida gandbol boʻyicha “IHF Trophy” musobaqasining Markaziy Osiyo bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda 2000 va 2001 yillarda tugʻilgan qizlardan tarkib topgan jamoalarimiz ham ishtirok etib chempionlikni qoʻlga kiritishdi.

17 va 19 yoshli qizlardan tarkib topgan jamoalarimiz Moʻgʻuliston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston jamoalarini yirik hisobda magʻlubiyatga uchratib, muddatidan avval xalqaro musobaqaning keyingi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.
 

Yakunda chempionlikni qoʻlga kiritgan gandbolchi qizlarimizga kuboklar va oltin medallar topshirildi.

Bugun, 13-may kuni ushbu musobaqada ishtirok etgan sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Moʻgʻulistondan yorugʻ yuz bilan qaytgan vakillarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Tadbirda Oʻzbekiston gandbol federatsiyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Endi chempion qizlarimiz “IHF Trophy” musobaqasining Osiyo bosqichiga tayyorgarlik koʻrishadi.


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
16.11.2019 | 21:15
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169