Oliy oʻquv yurtlariga kirish imtiyozini qoʻlga kiritgan gimnastikachilar maʼlum boʻldi

Toshkentda badiiy gimnastika va trampolin boʻyicha oliy oʻquv yurtiga yoʻllanma beruvchi chempionatlar yakunlandi.

 

Badiiy gimnastika boʻyicha koʻpkurash bahslarida Diyora Burhonxoʻjayeva (Toshkent) birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, musobaqada samarqandlik Maftuna Quvondiqova hamda nukuslik Dilafruz Soliyeva shohsupaga koʻtarildi.

 

Alohida predmetlar boʻyicha oʻtgan bellashuvlarning xalqada mashq bajarish bahslarida D.Burhonxoʻjayeva, koptokda D.Ashurova, bulavada D.Soliyeva, tasmada M.Quvondiqova gʻalaba qozondi.

 

Trampolin boʻyicha oʻtgan bellashuvlarda Bobur Ahmadaliyev, Diyora Sayfiddinova, sinxron yoʻnalishida Maxsud Sobirov va Bunyod Yoʻldoshev tandemi gʻalaba qozondi. Ayollar oʻrtasida esa Kimyo Mamajonova hamda Zulfizar Oʻlmasboyeva juftligi gʻolib boʻldi.

 

Akrobatika yoʻlakchasida sakrashda Mashrab Nazaraliyev va Sabina Xudoyeva shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
24.09.2020 | 18:58
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169