Navoiyda “Sport oyligi“ munosabati bilan badminton boʻyicha musobaqa oʻtkazildi

Navoiyda “Sport oyligi“ hamda 9 may Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab “Yoshlar sport majmuasi”da badminton sport turi boʻyicha sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi ochiq birinchiligi musobaqasi oʻtkazildi.

 

Ushbu musobaqada Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy shahar 1-bolalar-oʻsmirlar sport maktabi hamda Navoiy shahar sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi jamoalari qatnashishdi.

Bahslarda jami 60 nafar sportchi-oʻquvchilar (32 nafari qizlar) ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi 1-oʻrinni, Navoiy davlat pedagogika instituti 2-oʻrinni va 3-oʻrinni Navoiy shahar 1-bolalar-oʻsmirlar sport maktabi jamoalari egallashdi.

Musobaqa gʻoliblariga tashkilotchilar tomonidan taʼsis etilgan diplom va medallar bilan taqdirlandilar.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169