Ogʻir atletikachimiz Sunnatilla Oʻsarov Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi



Xitoyning Ninbo shahrida ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

 

Bugun erkaklar oʻrtasida 102 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Sunnatilla Oʻsarov dast koʻtarish bahsida 172 kg toshni oʻziga boʻy sundirib, kumushni qoʻlga kiritdi. Siltab koʻtarishda birinchi urinishda 191 kg natija koʻrsatgan sportchimiz, ikkinchi va uchinchi urinishda 197 kg ogʻirlikni zabt eta olmadi. Ikki kurash natijasi koʻra 363 kg natija koʻrsatgan Oʻsarov 4-oʻrin bilan cheklandi.

Osiyo chempionati. Ninbo, Xitoy

Erkaklar -102 kg

1. Rizo Bayrolvand (Eron) – 389 kg (173 kg+216 kg)

2. Amir Hoghougi (Eron) – 384 kg (169 kg+215 kg)

3. Taro Tanaka (Yaponiya) – 364 kg (170 kg + 194 kg)

4. Sunnatilla Oʻsarov (Oʻzbekiston) – 363 kg (172 kg + 191 kg)

 

Maʼlumot uchun: mazkur musobaqaga 6 nafar atletimiz yoʻl olgan, hozirgacha Muattar Nabiyevada (-55 kg) 3 ta bronza medal qoʻlga kiritgan boʻlsa, Adhamjon Ergashev (-67 kg) toʻrtinchi va Doston Yoqubov (-73 kg) beshinchi oʻrinni egallagan edi. Ertaga, 27 aperl kuni yana ikki nafar sportchimiz Akbar Joʻrayev (-109 kg) va Dolera Davronova (-87 kg) qitʼa chempionati bahslarida ishtirok etishadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169