Kemran Shirinov pauerlifting boʻyicha Osiyo chempionatida 1 ta oltin va 2 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi

Shu kunlarda Gongkong shahrida oʻtkazilayotgan pauerlifting boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

 

Qitʼa birinchiligida yurtimiz sharafini Yevgeniy Kapralov, Kemran Shirinov, Sergey Fotiyev va Konstantin Xardin himoya qilishmoqda.

22-aprel kuni erkaklar oʻrtasida kechgan bahslarda – 74 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Kemran Shirinov oʻtirib turishda 237,5 kg toshni oʻziga boʻy sundirib oltin medalni, yotgan holda toshni koʻkrakdan itarishda 185 kg bilan bronza medalni hamda toshni yerdan uzish bahsida 237,5 kgni oʻziga boʻy sundirgan vakilimiz uchkurash natijasiga koʻra (umumiy hisobda) 660 kg natija bilan uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
 

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.08.2019 | 14:00
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169