Ogʻir atletikachimiz Muattar Nabiyeva Osiyo chempionatida 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi

Shu kunlarda Xitoyning Ninbo shahrida ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.

 

Bugun ayollar oʻrtasida 55 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Muattar Nabiyeva dast koʻtarish bahsida 91 kg, siltab koʻtarishda 113 kg va ikki kurash natijasi koʻra 204 kg ogʻirlikdagi toshni oʻziga boʻysindirib, 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Osiyo chempionati. Ninbo, Xitoy

Ayollar -55 kg

1. Liao Kyu Yun (Xitoy) – 224 kg

2. Xidilyn Diaz (Filippin) 209 kg

3. Muattar Nabiyeva (Oʻzbekiston) – 204 kg

 

Maʼlumot uchun: mazkur musobaqaga 6 nafar atletimiz yoʻl olgan, hozirgacha Adhamjon Ergashev (-67 kg) toʻrtinchi va Doston Yoqubov (-73 kg) beshinchi oʻrinni egallagan edi. Oldinda yana uch nafar sportchimiz - Sunnatilla Oʻsarov (-102 kg, 26 aprel), Akbar Joʻrayev (-109 kg) va Dolera Davronova (-87 kg, 27 aprel) qitʼa chempionati bahslarida ishtirok etishadi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169