Qashqadaryoda dzyudo va sambo kurashi boʻyicha xalqaro toifadagi sport ustasi Sayfulla Rasulov xotirasiga bagʻishlab ilmiy-amaliy konferensiya va kurash musobaqalari oʻtkazildi



Joriy yilning 19-20-aprel kunlari Qarshi davlat univesitetida Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport murabbiysi, dzyudo va sambo kurashi boʻyicha xalqaro toifadagi sport ustasi Sayfulla Rasulov xotirasiga bagʻishlab “Jismoniy tarbiya va sport muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va kurash musobaqalari oʻtkazildi.

 

Tadbirda QarshiDU rektori B.Shoimqulov, TDIU professori A.Istomin, Oʻzbekiston faxriy sportchilar kengashi raisi K.Xudayberganov, Ukraina fanlar Akademiyasining korrespondent aʼzosi, Ukraina oliy maktab fanlari Akademiyasi akademigi, biologiya fanlari doktori, professor G.Korobeynikov, QarshiDU professori Sh.Qurbonov hamda professor-oʻqituvchilar, katta ilmiy xodimlar, magistrantlar, talabalar va murabbiylar ishtirok etishdi.

Konferensiyada viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Sirojiddin Odilov “Qashqadaryo viloyatida ommaviy jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish uchun istiqboldagi maqsad va vazifalar” mavzusida maʼruza qilib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3031-sonli qarori hamda 2018-yil 20-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida boʻlib oʻtgan jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilish bayoni, shuningdek, 2019-yil 19-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boʻlib oʻtgan 5 ta muhim tashabbus toʻgʻrisidagi yigʻilish bayoni ijrosini taʼminlash yuzasidan oʻz taklif va fikrlarini aytib oʻtdi.

Shuningdek, Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida milliy kurash musobaqalari xam oʻtkazilib, unda respublikamizning Toshkent, Buxoro, Xorazm, Samarqand, Surhondaryo, Jizzax, Namangan viloyatlari, Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda mezbon vakillaridan umumiy 90 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi.

Kurash musobaqalari soʻngida gʻolib hamda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan sportchilar viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, QarshiDU tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.10.2019 | 13:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169