Samarqandda gandbol boʻyicha OTMga oʻqishga kirish huquqini beruvchi Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtmoqda

Kecha, 18-aprel kuni Samarqand viloyati sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabida gandbol boʻyicha mamlakat birinchiligi bahslari boshlandi. Eʼtiborlisi, mazkur musobaqa oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari va qoʻshimcha imtihonlarsiz oʻqishga kirish huquqini beradi. 

 

Chempionatda 10 ta jamoa ishtirok etmoqda.

A guruhi                                                         
1. Samarqand viloyati                                           
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi                 
3. Toshkent viloyati                                               
4. Qashqadaryo viloyati                                           
5. Navoiy viloyati                                                  

B guruhi
1. Andijon viloyati
2. Namangan viloyati
3. Xorazm viloyati
4. Buxoro viloyati
5. Surxondaryo viloyati

Birinchi kun boʻlib oʻtgan oʻyinlarda quyidagi natijalar qayd etildi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi - Navoiy 30:41, Namangan - Surxondaryo 38:39, Toshkent viloyati - Samarqand-2 25:15, Xorazm - Buxoro 29:15. 
Musobaqa 23 aprelga qadar davom etadi.
 

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
16.06.2019 | 23:53
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169