Gulistonda taekvondoning ITF yoʻnalishi Respublika ochiq turniri boʻlib oʻtdi


13-14-aprel kunlari Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmumasida taekvondoning ITF yoʻnalishi boʻyicha yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Respublika ochiq turniri boʻlib oʻtdi. Musobaqa nizomiga koʻra, dayanga faqat rangli belbogʻ sohiblarigina tushish imkoniga ega boʻlgan ushbu nufuzli musobaqada jami 430 nafar sportchi katnashdi.

Natijalarga koʻra, murabbiylar Oʻzbekiston chempionatida ishtirok etadigan iqtidorli yoshlarni, terma jamoa murabbiylari esa 24-31-avgust kunlari Bolgariyada tashkil etiladigan navbatdagi jahon chempionatida yurtimiz shaʼnini munosib himoya qila oladigan taekvondochilarni saralab olishdi.

Umumjamoa hisobida kuchli toʻrtlik quyidagicha koʻrinish oldi:

1-oʻrin – Toshkent viloyati

2-oʻrin – Toshkent shahri

3-oʻrin – Qashqadaryo viloyati

4-oʻrin – Sirdaryo viloyati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169