Poytaxtimizda badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichi boʻlib oʻtadi



19-21-aprel kunlari poytaxtimizdagi Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabida badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichi boʻlib oʻtadi.

 

Dunyoning oʻnlab kuchli gimnastikachi qizlari toʻplanishi kutilayotgan mazkur musobaqa tashkiliy qoʻmitasiga hozirgacha yer yuzining barcha qitʼalaridagi 23 davlatdan, jami 73 sportchi nomidan qatnashish istagi bildirilgan buyurtmanomalar kelib tushgan. Ishtirokchilarning 39 nafari oʻzlarining yakkalik dasturini namoyish etishadi. 6 jamoa guruh bahslarida ishtirok etishadi.

 

Jahon kubogining navbatdagi bosqichida Vatanimiz sharafini yakka holda isteʼdodli murabbiy Liliya Vlasovaning ikki nafar shogirdi - Sabina Toshkenboyeva va Yekaterina Fetisova, guruh mashqlarida esa Rossiyadan taklif etilgan murabbiy Yekaterina Pirojkova hamda Raʼno Muhamedova rahbarligida Nilufar Shomurodova, Dinara Ravshanbekova, Sofiyabonu Qosimova, Kamola Ernazarova, Kseniya Aleksandrova, Sevara Safoyevalardan iborat jamoa himoya qiladi. Ayni kunlarda qizlarimiz turnirga tayyorgarlikning soʻnggi bosqichini oʻtkazishyapti.

 

Murosasiz, keskin va qiziqarli kechishi kutilayotgan bahslar 19 aprel kuni soat 13.30 da boshlanadi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimi esa shu kuni kechqurun, 19.30 ga belgilangan.

Saytning oxirgi yangilanishi:
19.04.2019 | 22:13
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169