Terma jamoaga nomzodlar saralanadi


Samarqand shahrida ayollar jamoalari o‘rtasida gandbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 2-davra bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Olmaliqning OTMK jamoasi 14 ochko, Oʻzbekiston yoshlar milliy terma jamoasi Toshkent shahri 12 ochko, Andijon IOZMI 10 ochko, xamda Samarqandning Bulungʻur jamoasi 8 ochko bilan peshqadamlar safida bormoqdalar.

8 ta jamoa ishtirokida o‘tayotgan mazkur chempionatda 2000-2001 yillarda tug‘ilgan qizlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Mo‘g‘ulistonda o‘tkaziladigan qit'a birinchiligi – Xalqaro “Trofi kubogi” bellashuvlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida konkursdan tashqari ishtirok etmoqda. 
 

- Chempionat bahslari to‘rt davradan iborat bo‘ladi, - deydi O‘zbekiston gandbol federatsiyasi ijrochi direktori Midxat Bikmetov. – Birinchi davra Olmaliqda o‘tkazilgan edi. Samarqandda o‘tkazilayotgan bahslar ham yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Musobaqaning 3-davra bahslari Namanganda, yakuniy 4-davra Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Bundan maqsad jamoalarga qulaylik yaratish va joylarda mazkur sport turini ommalashtirishdan iborat. Ushbu musobaqa mamlakat terma jamoasi a'zolari holatini aniqlash va yangi nomzodlarni saralash imkonini beradi.
 

Chunki joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida ayollar terma jamoasi Tokio olimpiadasi yo‘llanmasi uchun o‘tkaziladigan qit'a birinchiligida ishtirok etadi.

Gandbol bo‘yicha mamlakat chempionatining 2-davra bahslari 14-aprelga qadar davom etadi.
 


Alisher Isroilov olgan suratlar

Saytning oxirgi yangilanishi:
22.08.2019 | 13:01
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169