Sinxron suzish. Sportchilarimiz FINA jahon seriyasidagi musobaqada ishtirok etishadi



19-21-aprel kunlari Rossiyaning Qozon shahrida sportning sinxron suzish turi boʻyicha “FINA” jahon seriyasi bosqichi boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

 

Musobaqada yurtimiz sharafini Elmira Fayzullayeva murabbiyligida Anastasiya Morozova, Anna Yeltisheva va Diana Onkes himoya qiladi.

 

Joriy yil sinxron suzish boʻyicha jahon seriyasi 8 bosqichda oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu musobaqa uchinchisi hisoblanadi. Keyingi bosqichlar Tokio (Yaponiya, 27-29-aprel), Pekin (Xitoy, 4-6-may), Grinsboro (AQSH, 24-26-may), Kvebek (Kanada, 30 may-1 iyun) va Barselona (Ispaniya, 31 may-2 iyun) shaharlarida uyushtirilishi koʻzda tutilgan. Uch kun davom etadigan mazkur musobaqa texnik va erkin dasturlarni oʻz ichiga olgan guruh, solo, aralash juftlik yoʻnalishlari, shuningdek, juftlik, kombinatsiyaviy dastur va akrobatik guruh bahslaridan iborat.

 

Har bir tur boʻyicha barcha bosqichlar natijalariga koʻra eng kuchli deb topilgan jamoalar Super-finalda ishtirok etishadi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
24.09.2020 | 18:58
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169