Stol tennisi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi sohiblari aniqlandi



Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida stol tennisi boʻyicha ayollar va erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Unda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 13 ta jamoa vakillari bahs yuritdi. Deyarli bir hafta davom etgan bellashuvlarning yakuniy natijasiga koʻra, ayollar oʻrtasida Toshkent shahri jamoasi birinchi oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrin Toshkent viloyatining stol tennisi ustalariga nasib etdi. Shohsupaning uchinchi pogʻonasiga Xorazm va Andijon viloyati jamoalari koʻtarilishdi.

Erkaklar orasida kechgan musobaqada Toshkent viloyati sportchilariga munosib raqib topilmadi. Natijada, ushbu viloyat vakillari Kubok sohibiga aylanishdi. Andijon viloyati terma jamoasi ikkinchi oʻringa sazovor boʻldi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahri jamoalari mos ravishda uchinchi oʻrindan joy olishdi.

Musobaqa ishtirokchisi, Xorazm viloyati terma jamoasi aʼzosi Fotima Hayitboyeva shunday dedi: – “Stol tennisi bilan 7 yoshimdan shugʻullanaman. Ustozim Mardona Aitovadan nafaqat, mazkur sport turining sir-asrorlarini oʻrgandim, qolaversa, uning yordamida katta yutuqlarga ham erishdim. Vaholanki, shu paytgacha turli yosh toifasida besh marta Oʻzbekiston chempioni boʻldim. Oʻzbekiston terma jamoasi safida Qozogʻiston va Malayziya davlatlarida uyushtirilgan Osiyo chempionatida qatnashdim. Buning barobarida, Moldova va Latviya mamlakatlarida uyushtirilgan nufuzli xalqaro turnirlarda ishtirok etib, gʻolib va sovrindor boʻldim. Urganchda uyushtirilgan Oʻzbekiston kubogida dugonalarim bilan bronza medalini qoʻlga kiritdik. Bundan juda xursandmiz. Ayni damda, Urganch davlat universitetining 2-bosqichida tahsil olyapman. Nasib qilsa, oliygohni tamomlab ustozimdan olgan tajribamni yoshlarga oʻrgatish maqsadim bor.”

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
22.08.2019 | 13:01
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169