Chirchiqda Oʻzbekiston chempionati yakunlandi


28-mart kuni Chirchiqdagi Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida boshlangan ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bahslari bugun oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida erkaklar oʻrtasida ogʻir vazn toifalarida gʻoliblar nomi aniqlandi.

Dastlab 81 kg.gacha boʻlgan vazn toifasida bellashuvlar tashkil etildi. Ushbu vazndagi polvonlar oʻrtasida musobaqa avvalidan favorit sanalgan Toshkent viloyati vakili Sarvarbek Zafarjonov yakunda 1-oʻrinni egalladi. U eng yaqin taʼqibchisi namanganlik Muhammadqodir Toshtemirovni naqd 16 kiloga ortda qoldirdi.

Navbatdagi 89 kg.gacha vazn toifasidagi bellashuvlarda esa namanganlik Zaynobiddin Muhammadaminovga teng keladigan raqib topilmadi. U dast koʻtarish mashqida 156 kg., siltab koʻtarishda esa 182 kg. natija qayd etdi. Bu natija unga ikkikurashda oltin medalni taqdim etgan boʻlsa-da, aynan siltab koʻtarishda kumush medal bilan cheklandi.

96 kg.gacha boʻlgan vazn toifasidagi bellashuvlarda yana bir mezbon sportchi Sunnat Oʻsarov katta farq bilan gʻalaba qozondi. Toshkent viloyati sharafini himoya qilgan Sunnat Oʻzbekiston chempionatida eng yaqin taʼqibchisini naqd 23 kiloga ortda qoldirib ketdi.

Yuz kilodan ogʻir vazn toifasidagi sportchilar oʻrtasidagi bellashuvlar oʻta murosasiz kechdi. Jumladan, 102 kg.gacha vazn toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan surxondaryolik Umar Shohnazarov eng yaqin taʼqibchisi Jamshid Mirzayevni (Toshkent viloyati) bor-yoʻgʻi 6 kiloga ortda qoldirdi. Ushbu vaznda ayniqsa dast koʻtarish bellashuvlari murosasiz kechdi. Mazkur yoʻnalishda gʻolib va 3-oʻrin egasini atigi bir ochkolik farq ajratdi.

109 kg.gacha boʻlgan vazn toifasidagi bellashuvlarda oʻzbek ogʻir atletika maktabining umidi sifatida qaralayotgan Akbar Joʻrayev raqobatdan xoli ekani yaqqol koʻrinib qoldi. Yosh atletimiz har ikki mashqda oʻzining ilk urinishidayoq chempionlikni tantana qildi. Keyingi urinishlar esa sportchimizning shaxsiy koʻrsatkichini yaxshilashga xizmat qildi xolos.

Eng ogʻir, 109 kg.dan yuqori vazn toifasida terma jamoamiz yetakchisi Rustam Jangabayev kutilganidek oltin medalni begona qilmadi. Rustamning muvaffaqiyati shu qadar ishonchli chiqdiki, u oʻzining eng yaqin taʼqibchisi qoraqalpogʻistonlik Shaxmerdan Kemalovni oz emas, koʻp emas, naqd 110 kiloga ortda qoldirib ketdi.

Musobaqa yakunida barcha gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Ogʻir atletika. Oʻzbekiston chempionati

-81 kg:

1. Sarvarbek Zafarjonov (Toshkent viloyati) – 340 kg (151 kg +189 kg)

2. Muhammadqodir Toshtemirov (Namangan) – 324 kg (147 kg + 177 kg)

3. Rustam Yunusov (toshkent viloyati) – 313 kg (142 kg + 171 kg)

-89 kg:

1. Zaynobiddin Muhammadaminov (Namangan) – 338 kg (156 kg + 182 kg)

2. Gʻayrat Aytmuratov (Qoraqalpogʻiston) – 328 kg (149 kg + 179 kg)

3. Otaxon Imomov (Xorazm) – 326 kg (142 kg + 184 kg)

-96 kg:

1. Sunnat Oʻsarov (Toshkent viloyati) – 367 kg (170 kg + 197 kg)

2. Nodir Murodov (Jizzax) – 344 kg (154 kg + 190 kg)

3. Sardor Roziqov (Toshkent viloyati) – 342 kg (155 kg + 187 kg)

-102 kg:

1. Umar Shohnazarov (Surxondaryo viloyati) – 326 kg (146 kg + 180 kg)

2. Jamshid Mirzayev (Toshkent viloyati) – 318 kg (146 kg + 172 kg)

3. Baxtiyor Otaboyev (Xorazm) – 316 kg (145 kg + 171 kg)

-109 kg:

1. Akbar Joʻrayev (Toshkent viloyati) – 398 kg (181 kg + 217 kg)

2. Mahmud Yusupov (Xorazm) – 347 kg (157 kg + 190 kg)

3. Aleksandr li (Toshkent viloyati) – 335 kg (145 kg + 190 kg)

+109 kg:

1. Rustam Jangabayev (Qoraqalpogʻiston) – 440 kg (200 kg + 240 kg)

2. Shaxmerdan Kemalov (Qoraqalpogʻiston) – 330 kg (150 kg + 180 kg)

3. Davron Ortiqboyev (Toshkent viloyati) – 290 kg (130 kg + 160 kg)


OʻzA

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169