Xorazmda badminton boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga start berildi

Xorazm viloyatida badminton boʻyicha 11 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boshlandi.

Bugun 29 mart kuni Urganch shahridagi “Badminton sport markazi”da chempionatning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tantanali tadbirda Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Sh.Madaminov, Respublika badminton federatsiyasi vakillari, va sport jamoatchiligi ishtirok etishdi.

Taʼkidlash joiz, musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan 150 nafarga yaqin yosh badmintonchilari oʻzaro bahs olib borishadi.

Chempionat davomida federatsiya mutasaddilari va terma jamoa murabbiylari Oʻzbekiston yoshlar jamoasi yangi tarkibi uchun nomzod sportchilarni tanlab olishni maqsad qilishgan.

Dasturga koʻra, sportchilar bir necha bosqichda boʻlib oʻtadigan jamoaviy, yakkalik, juftlik va aralash bahslarda oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazishadi.

Yakuniy natijalarga koʻra sovrinli oʻrinlarni egallaganlar Oʻzbekiston terma jamoasiga qabul qilinishi belgilangan.

Chempionat qatnashchilari va mehmonlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan viloyatdagi sayyohlik obyektlari boʻylab ekskursiyalar tashkil etish ham rejalashtirilgan.

 

 

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169