Oʻsmirlarimiz ITF jamoaviy chempionatida kortga chiqishadi

Kecha, 28-mart kuni tennis boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi yana bir yirik musobaqada ishtirok etish uchun Malayziyaga joʻnab ketdi. Kuala-Lumpur shahrida ushbu sport turi boʻyicha boʻlib oʻtadigan oʻsmirlar oʻrtasidagi ITF jamoaviy chempionatida mamlakatimizdan 6 nafar yosh raketka ustasi qatnashishi kutilmoqda.

 

Mazkur chempionatda yurtimiz sharafini oʻgʻil bolalardan Amir Milushev, Boburmirzo Yoqubjonov, Qodirjon Odilov, qizlardan Maftunabonu Qahramonova, Shahnoza Marimova hamda Munisa Ashurbekovalar himoya qilishadi. Oʻzbekiston tennis federatsiyasi tomonidan musobaqa tashkiliy qoʻmitasiga yuborilgan buyurtmada zaxiradagi sportchi Ismoil Turdiyevning nomi ham qayd etilgan.

 

Eʼtiborli tomoni Malayziyaga joʻnab ketgan tarkibimiz asosini 14 yoshli tennischilar tashkil etgan, birgina Shahnoza Marimova 13 yoshda. Shuningdek, 6 sportchimizning 5 nafari Tennis boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari sport maktabi tarbiyalanuvchilari ekanligini ham maʼlumot oʻrnida keltirib oʻtish mumkin. Yagona tennischimiz, Qodirjon Odilov Fargʻona viloyati sport oʻyinlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabida mashgʻulot olib boradi.

 

Turnir davomida vakillarimizga Farrux Obidov va Muhammadrizo Saidxoʻjayev murabbiylik qilishadi.

 

Natijalar haqida xabar berib boramiz.

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169