Jizzaxda yosh gandbolchilar mamlakat chempionligi uchun bahs olib borishyapti


Jizzaxda gandbol boʻyicha 2004-2005-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati boshlandi. Viloyat markazidagi Olimpiya zaxiralari maktab-internati sport zalida musobaqaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Oʻzbekiston gandbol federatsiyasi hamda Jizzax Olimpiya zaxiralari maktab-internati masʼul vakillariishtirok etishdi. Ochilish marosimi dasturidan oʻrin olgan badiiy gimnastika, U-shu, Taekvondo VTF kabi sport turlari boʻyicha yosh sportchilarning koʻrgazmali chiqishlar yigʻilganlarda iliq taassurot qoldirdi.

Aytib oʻtish joiz, mazkur musobaqada 12 ta jamoa ishtirok etmoqda.

Chempionat doirasida yaqinda xorijda malaka oshirib kelgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari Ulugʻbek Ikromov hamda Zafar Azimov ishtirokida murabbiylar bilan amaliy va nazariy mashgʻulotlar oʻtkazish ham rejalashtirilgan.

Saytning oxirgi yangilanishi:
22.08.2019 | 13:01
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169