Xorazmda badminton boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtadi



Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi va Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida joriy yilning 28-mart – 2-aprel kunlari Urganch shahrida badminton sport turi boʻyicha yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtadi.

Xorazm viloyatida ilk marotaba oʻtkazilayotgan ushbu chempionatda Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 2003-2008-yillarda tugʻilgan 150 nafar oʻgʻil-qiz ishtirok etadi.

Shuningdek, Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan chempionat davomida sportchi yoshlar boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, mehmonlarni Xorazmning oʻziga xos tarixi bilan yaqindan tanishtirish, qolaversa, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida viloyatdagi turistik obyektlar boʻylab ekskursiyalar tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169