Chirchiqda mamlakatimizning eng kuchli atletlari ham supachaga chiqishadi


28-martdan 4-aprelga qadar Chirchiq shahrida ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtadi. Mamlakat miqyosidagi eng yirik musobaqa hisoblangan mazkur chempionatga bu gal qiziqish juda yuqori ekanligini alohida taʼkidlab oʻtish joiz. Zero, dastlabki qaydnomani kuzatadigan boʻlsak, 284 nafar sportchi chempionatda qatnashish istagini bildirganligi, aniqrogʻi qatnashishga ruxsat olganligi, yaʼni milliy federatsiya tomonidan kattalar oʻrtasidagi chempionatda qatnashish imkonini beradigan belgilangan meʼyoriy talabni bajarganligini koʻrish mumkin (Zero, keyingi yillarda Oʻzbekiston OAF mutasaddilari mamlakat miqyosidagi musobaqalarni XOAF tomonidan joriy qilingan qoidalar asosida tashkil etilishini qatʼiy nazorat ostiga olishgan). Yaqin oʻn yillar mobaynida Oʻzbekiston chempionati bu qadar koʻp ishtirokchi toʻplanmagandi. Tabiiyki, keyingi yillarda ogʻir atletika boʻyicha xalqaro maydonda qoʻlga kiritilayotgan gʻalabalarimiz salmogʻi hamda Respublikamiz boʻylab ushbu sport turi ommaviyligi sezilarli darajada oshgani mazkur ijobiy holatning asosiy sababidir.

Bu yilgi Oʻzbekiston chempionatida ayollar (jami 98 nafar, bu ham juda yuqori koʻrsatkich) 45 kgdan +87 kggacha boʻlgan 10 ta, erkaklar (jami 186 nafar) ham 55 kgdan boshlab +109 kggacha 10 ta vazn toifasida supachaga chiqishadi.

Quvonarlisi, musobaqa davomida muxlislarimiz Nigora Abdullayeva, Muattar Nabiyeva, Kumushxon Fayzullayeva, Tursunoy Jabborova, Dolera Davronova, Adhamjon Ergashev, Doston Yoqubov, Rustam Jangaboyev singari yetakchi polvonlarimiz chiqishlariga guvoh boʻlishadi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169