15-17 mart kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida oʻtkaziladigan dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi yirik musobaqada Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.
48 davlatning 400 dan ortiq sportchisi qatorida yurtimizdan 12 nafar dzyudochi bor. Mazkur turnir Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolari berilishi bilan ham ahamiyatli hisoblanadi.
Ertaga musobaqaning ilk kunidayoq 5 nafar dzyudochimiz oʻz omadini sinab koʻradi. Diyora Keldiyorova (-52 kg)ning ilk raqibi Olimpiada gʻolibi braziliyalik Sara Menezes boʻlsa, Diyorbek Oʻrozboyev (-60 kg) chexiyalik David Pulkrabek, Kemran Nurillayev (-60 kg) turkiyalik Mixrak Oqqush, Artyom Shturbabin (-66 kg) rossiyalik Ismail Chasigov hamda Muhriddin Tilovov (-66 kg) chexiyalik Pavel Petirkovga qarshi bellashadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
09.12.2019 | 21:29