Sambochilarimiz Moskvada oʻtkaziladigan jahon kubogida qatnashadi


Joriy yilning 22-23-mart kunlari Rossiya poytaxtida sambo boʻyicha jahon kubogi uchun bellashuvlar boʻlib oʻtadi. Ushbu musobaqada Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Sambo sporti asoschilaridan biri A.A.Xarlampiyev xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan musobaqada Armaniston, Belarus, Vengriya, Venesuela, Germaniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Kuba, Kamerun, Qozogʻiston, Koreya, Moldova, Marokash, Niderlandiya, Rossiya, Ukraina, Filippin, Yaponiya kabi jami 21 davlatdan 250 sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Erkaklar (52, 57, 62, 68, 74, 84, 90, 100 va +100 kg) va ayollar oʻrtasida (48, 52, 56, 56, 60, 64, 68, 72, 80 va +80 kg), shuningdek jangovar sambo (52 gacha, 57, 62, 68, 74, 84, 90, 100 va +100 kg vazn toifalarida) boʻyicha oʻtadigan bellashuvlarda bir necha bor jahon va Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan sport ustalari ishtirok etishadi.

Jahon kubogida Roman Shakirov murabbiyligida quyidagi 9 nafar sportchimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Erkaklar:

- 62 kg: Davlatjon Hamroyev

- 68 kg: Timur Xudoyqulov

- 74 kg: Abbos Jalolov

- 90 kg: Neʼmat Yoqubov

 

Ayollar:

-52 kg: Zuxraxon Maʼmurjonova

-60 kg: Zarnigor Oʻrmonova

 

Jangovar sambo:

- 74 kg: Istam Qudratov

- 82 kg: Bekzod Nurmatov

+100 kg: Hakimjon Ismoilov

 

Maʼlumot uchun, 1983-yilda “A” toifa darajasi berilgan mazkur musobaqa gʻoliblariga xalqaro toifada sport ustasi unvoni beriladi. 2009-yildan boshlab “Xarlampiyev memoriali” sambo boʻyicha jahon kubogi va superkubogi bosqichlari orasida eng nufuzlisi, deya tan olingan. 2015-yildan esa mazkur turnir ushbu sport turi boʻyicha rasmiy va yagona jahon kubogi hisoblanadi.
 

 


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
26.03.2019 | 17:38
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169