Oʻzbekistonning birinchi grossmeysteri Georgiy Agzamov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnirning ikkinchi turi natijalari


Oʻzbekistonning birinchi grossmeysteri Georgiy Agzamov xotirasiga bagʻishlangan TASHKENT OPEN xalqaro turnirining 2-turida musobaqaning boshlangʻich reytingida yuqorida turgan shaxmatchilar oʻzaro bahs yuritishdi.

A guruhi markaziy uchrashuvlaridan biri 18 yoshgacha boʻlgan sportchilar orasida Oʻzbekiston chempioni FM Abdimalik Abdisalimov va musobaqaning birinchi raqamli shaxmatchisi armanistonlik GM Karen Grigoryan oʻrtasida kechib, unda hamyurtimiz oq donalarda magʻlub boʻldi.

Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi IMNodirbek Yoqubboyev boshqa bir hamyurtimiz Akmal Fayzullayevni taslim etgan boʻlsa, oʻzbek shaxmatining yorqin vakillari WGM Sarvinoz Qurbonboyeva va IM Shamsiddin Vohidovlar toʻqnashuvida qora donalarda oʻynagan Shamsiddinning qoʻli baland keldi.

Yana bir eʼtiborga molik uchrashuvda GM Azer Mirzoyev (Ozarbayjon) Armaniston vakili FM Vaxe Daniyelyan bilan durangga imzo chekdi. Ispaniya sharafini himoya qilayotgan GM Oleg Korneyev qozogʻistonlik FM Nogerbek Kazbekka bilan durangga rozi boʻldi. Uzoq Braziliyadan Okean oshib kelgan GM Alexandro Fiyer hamyurtimiz Xayrulla Toʻrayevni magʻlubiyatga uchratdi.

Musobaqaning yetakchi shaxmatchilaridan biri eronlik GM Amirrizo PurramezonaliRossiya vakili IM Nikolay Mishuchkovni oq donalarda magʻlub etdi. Umidli shaxmatchilarimizdan biri Olmos Rahmatullayev qora donalarda haqiqiy matonat koʻrsatgan holda rossiyalik grossmeyster Vasiliy Papinni durangga rozi qildi.

B guruhida musobaqaning birinchi raqamli shaxmatchisi yurtdoshimiz Davron Sharipov hamyurti Saidaʼlo Ismoilovga qarshi bahsda turnirdagi ketma-ket ikkinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi. Yana bir qiziqarli bahsda qozogʻistonlik Nurel Orazayev hamyurtimiz Dilnura Rabbimova bilan durangga rozi boʻldi. Oʻzbek shaxmati umidlaridan biri WCMAfruza Hamdamova Afgʻoniston vakili Shamsul Haq Duranini magʻlub etib, ochkolarini 2 taga yetkazib oldi. Qozogʻiston vakili Sergey Solomatin hamyurtimiz Orziqul Gurgiboyevni magʻlub etib, musobaqadagi ikkinchi gʻalabasini rasmiylashtirdi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
16.06.2019 | 23:53
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169