“El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan chet elga ta'lim olishni hohlovchilar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-yanvardagi PQ–4091-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish buyicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi  faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2019-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Ayni paytda Jamg‘armaning dasturlariga muvofiq kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish uchun nomzodlarni tanlov asosida saralab olish davom etmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish uchun nomzodlarni tanlov asosida saralab olish bo‘yicha bugungi kunda vazirlik qoshida doimiy komissiya faoliyat ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashining 2019-yil 15-fevraldagi 5-son bayoni bilan 2019-2020-o‘quv yilida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufidagi tashkilotlardan Sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy madaniyat hamda sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha chet elning yetakchi ta'lim, ilmiy-tadqiqot, ijod, sog‘liqni saqlash va boshqa muassasalarida malaka oshirish va stajirovka o‘tash, shuningdek magistratura va doktorantura (PhD) dasturlari bo‘yicha o‘qitishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlangan.

Yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha nomzodlar joriy yilning 20-martiga qadar www.eyuf.uz saytiga elektron ariza topshirishlari mumkin.

Saytning oxirgi yangilanishi:
02.06.2020 | 20:56
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169