Taekvondochilarimiz g`olib va sovrindorlar safida

Oʻzbekiston Taekvondo “ITF” Milliy Assotsiatsiyasi sportchilari joriy yil koʻplab nufuzli musobaqalarda ishtirok etishni rejalashtirishgan. Shunday musobaqalardan biri 2-3 mart kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida boʻlib oʻtdi. Bu gal 8-bor uyushtirilgan yirik xalqaro turnirda Belarus, Estoniya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Armaniston va Rossiya Federatsiyasining 12 ta mintaqasi jamoalari qatori Ubayd Mukarramov boshchiligidagi Buxoro viloyati taekvondochilari munosib natijalar qayd etishdi. 800 ga yaqin sportchi orasida hamyurtlarimiz massogi bahslarida 2 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalga sazovor boʻlib, umumjamoa hisobida 3-oʻrinni egallashdi.

Navroʻzbek Akobirov 11-13 yoshlilar guruhida, Alibek Boboyev 14-15 yoshli sportchilar orasida 50 kg vazn toifasida shohsupaning yuqori pogʻonasiga koʻtarilgan boʻlsa, Parviz Aslonov 11-13 yoshlilar oʻrtasida 50 kg vaznda, Ibrohim Narziyev 7-8 yosh guruhida 20 kg vazn toifasida kumush medallarga sazovor boʻldilar. Shuningdek, Sardor Boboyev 11-13 yoshlilarning 30 kg vazn toifasida, Shohruzbek Asrorov 9-10 yosh toifasida 29 kggacha vaznlilar oʻrtasida, 9-10 yoshli taekvondochilar guruhida qayd etilgan Feruzbek Oʻktamov 35 kg, Otabek Oripov 26 kg vazn toifasida faxrli 3-oʻrinlarni egallashdi.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169