Ish rejasi yuzasidan

Xalqaro tajribani oʻrganish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlaridan birini oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoyishi loyihasi ishlab chiqilib, vazirlikning 2019 yil 7 fevraldagi 01-07-12-507-sonli xati bilan kelishish uchun 18 ta vazirlik va idoralarga kiritildi. Bugungi kunda Farmoyish loyihasi bugungi kunda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Samarqand viloyati hokimligi bilan kelishildi.

Mazkur Farmoyish bilan Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlaridan birini oʻtkazishni tashkil etish hamda munosib sport infratuzilmasini yaratishga moʻljallangan chora-tadbirlari dasturi tasdiqlanishi nazarda tutilgan.

Joriy yilning 24 fevral kuni Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Saboh Toshkentga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida 2030 yilgi Osiyo oʻyinlarini Oʻzbekistonning Toshkent hamda Samarqand shaharlarida oʻtkazish imkoniyatlari muhokama qilindi.

2019 yil uchun sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalari tarkibi tasdiqlandi.
2019 yilda oʻtkaziladigan nufuzli va xalqaro musobaqalarda sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalari aʼzolarining qatnashishlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Jumladan, sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalari aʼzolarining 2019 yilda xalqaro miqyosda oʻtkaziladigan 2 ta kompleks musobaqalar, 128 ta jahon, 96 ta Osiyo chempionatlari hamda 700 dan ortiq xalqaro musobaqalardagi ishtiroki taʼminlanadi.

Sportchilar mazkur musobaqalarda qatnashishlari orqali 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da oʻtkaziladigan Olimpiya oʻyinlarida qatnashish huquqini beruvchi yoʻllanmalarni hamda reyting ochkolarini qoʻlga kiritadilar. Xususan, 2019 yilning yanvar-fevral oylarida sportning 9 ta turi boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirlarda 92 nafar, 2 ta sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Jahon chempionatida 9 nafar sportchilar ishtirok etishdi. Jahon chempionati va xalqaro turnirlarda ishtirok etgan 93 nafar sportchilar tomonidan jami 34 ta medal (16 ta oltin, 10 ta kumush va 8 ta bronza) qoʻlga kiritildi, shuningdek reyting ochkolari jamgʻarildi.

Tennis boʻyicha Denis Istomin va paralimpiyaning oʻq otish sport turi boʻyicha Server Ibragimov 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) oʻtkaziladigan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) oʻtkaziladigan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishda yoʻllanmalarni qoʻlga kiritishi uchun Oʻzbekiston milliy terma jamoa aʼzolaridan 277 nafar nomzod sportchilarning roʻyxati shakllantirildi. Ularning tayyorgarlik jarayonlari alohida nazoratga olingan boʻlib, bu borada tegishli sharoitlar yaratish hamda jismoniy va farmakologik tayyorgarlik yuzasidan sportchilar bilan yakkama-yakka ish olib borilmoqda.

Joriy yilning boshidan Oʻzbekiston milliy terma jamoa aʼzolari malakali trenerlar rahbarligida xorijiy hamda mahalliy oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarida shugʻullanishmoqda. Xususan, joriy yilning yanvar-fevral oylarida Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi sport bazalarida sportning 11 ta turi boʻyicha oʻtkazilgan 182 nafar, 9 ta sport turi boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro oʻquv-mashgʻulotlarida
84 nafar sportchilar ishtirokida oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari tashkil etildi.

Respublikada bolalar-oʻsmirlar sport maktablarini tashkil etish, umumtaʼlim maktablari sport inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va doimiy jihozlashning besh yillik davlat dasturini ishlab chiqish boʻyicha hududiy ishchi guruhlar shakllantirib, ularning tarkibi tasdiqlandi. Ishchi guruhlar tomonidan respublika hududlari boʻyicha, jumladan, chekka hududlarda tashkil etiladigan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sport inshootlarni yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha 2020-2025 yillarga moʻljallangan manzilli roʻyxatlari loyihasi shakllantirildi.

Hududlar boʻyicha ushbu manzilli dasturni shakllantirishda dastlabki hisob-kitoblar boʻyicha respublika boʻyicha jami 37 ta bolalar va oʻsmir sport maktablari yangidan qayta tashkil etilishi, shuningdek, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2020-2025 yillarga moʻljallangan qurilishlar manzilli dasturi loyihasiga jami 115 ta sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash belgilangan boʻlib, ushu maqsadlarga jami 1 trillion 107 mlrd. soʻm mablagʻlar yoʻnaltirilishi kutilmoqda.

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.08.2020 | 18:58
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169