“Nafosat – 2019” respublika sport festivalining Jizzax viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi

Mazkur festival Jizzax viloyati hokimligi, xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3031-sonli qarori ijrosini taʼminlash, xotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, xotin-qizlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish hamda ularni sportga keng jalb kilish orkali salomatligini mustahkamlash, mahallalarda sportning ommaviyligini oshirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Unda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan jamoalar ishtirok etdi. Festivalning ochilish marosimida viloyat hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisasi N. Muxtorova, viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi I. Tojiboyev soʻzga chiqib, hukumatimiz tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlar sportini rivojlantirishga, sportning ommaviyligini oshirishga doimiy eʼtibor qaratilayotganligi, oʻtkazilayotgan koʻplab sport tadbirlarida ayollar, ayniqsa, uy bekalari muntazam sportga jalb etilayotganini taʼkidladilar.

Festivalda ishtirok etgan 400 nafardan ortiq xotin-qiz sportning voleybol, basketbol, gandbol, badminton va stol tennisi, velosport boʻyicha bahslashdi.

Qizgʻin bahslar yakuniga koʻra, umumjamoa hisobida 1-oʻrinni Sh.Rashidov tumani, 2-oʻrinni Jizzax shahri, 3-oʻrinni Gʻallaorol tumani jamoalari qoʻlga kiritdi. Gʻoliblar viloyat hokimligi, viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va xomiy tashkilotlarning diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Birinchi oʻrinni egallagan Sh.Rashidov tumani jamoasi xotin-qizlar oʻrtasida “Nafosat – 2019” sport festivalining Respublikabosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169