Xotin-qizlar sport festivali

Andijonda “Sport – nafislik, sogʻlomlik manbai” shiori ostida xotin-qizlar oʻrtasida "Nafosat – 2019" respublika sport festivalining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Andijon viloyati hokimligi, xotin-qizlar qoʻmitasi, jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan festival 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlandi. Unda viloyatning barcha tuman va shaharlari jamoalari ishtirok etdi.

Festivalning ochilish marosimida mamlakatimizda xotin-qizlar sportini rivojlantirish, sportning ommaviyligini oshirishga doimiy eʼtibor qaratilayotgani, oʻtkazilayotgan koʻplab sport tadbirlari ayollar, ayniqsa, uy bekalarini sportga jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.

– Bugungi kunda xotin-qizlarning sport bilan shugʻullanishlari uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Manzura Yunusova. – Ayni kunda viloyatda 4 ming 498 ta sport inshooti, 7 ming 596 ta sport seksiyasi va toʻgaraklar ishlab turibdi. Ularda 300 dan ortiq murabbiya faoliyat olib bormoqda. Umuman, bu borada olib borilayotgan ishlar samarasida ayni kunda viloyatda 105 ming nafarga yaqin xotin-qiz sportning qator turlari bilan muntazam shugʻullanmoqda. 130 mingdan ortiq opa-singillarimiz ommaviy sport turlariga jalb etilgan. Bu oilalarda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, aholi salomatligini mustahkamlash, jismonan barkamol avlodni voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda.

Festivalda ishtirok etgan jamoalar sportning voleybol, basketbol, gandbol, badminton va stol tennisi turlari boʻyicha gʻoliblik uchun bahslashdi.

Qizgʻin bahslar yakuniga koʻra, Andijon shahri jamoasi umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. Baliqchi tumani jamoasi ikkinchi, Jalaquduq tumani jamoasi uchinchi oʻringa sazovor boʻldi. Yana bir qator nominatsiyalar boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi.

 

 OʻzA

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169