Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etiladi


Bugun, 28-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda hududiy boshqarmalarida axborot texnologiyalariga masʼul xodimlar ishtirokida seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tadbiq etish boʻyicha istiqbolli rejalar hamda mavjud muammo va kamchiliklarni “Elektron hukumatni” joriy etish orqali bartaraf etish vazifalari belgilab olindi.

Shuningdek, endilikda tizimda boshqarmalardan tortib eng quyi tizim tashkilotlarigacha aholi oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport boʻlgan qiziqishni oshirish maqsadida sohaga oid muhim va qiziqarli xabarlarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy kanallar hamda sahifalarda yanada keng yoritib borish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shu bilan birgalikda, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 118-sonli “2019-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq quyidagilar amalga oshiriladi:

 

1. Barcha sport muassasalarining butunjahon internet tarmogʻidan foydalanishi aniq chora-tadbirlarini koʻrish;

2. Jismoniy tarbiya va sport vazirligining zamonaviy jozibador veb-saytini yaratish va uning doimiy ishlashini taʼminlash;

3.Sportning ommaviy turlari boʻyicha metodik tavsiyalarni oʻz ichiga olgan respublika ochiq maʼlumotlar bazasi tashkil etish;

4. Ijtimoiy tarmoqlarda “Sport – turmush tarzi” xeshtegi ostida jismoniy tarbiya va sportni ommaviylashtirish kampaniyasi tashkil etiladi;

5. Sport.uz axborot portali yaratish;

6. Dolzarb yoʻnalishlarda jamoatchilik fikrini monitoring qilish, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri bilan aloqa qilish liniyasi, voqealar kalendari, mashqlar organayzeri va aholi faolligi monitoringi kabi yoʻnalishlarda iSport mobil ilovalari ishlab chiqish;

7. Axborot texnologiyalarini va multimedia mahsulotlarini rivojlantirishda zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda oʻquv-mashq jarayoni kompyuterlashtirilishi darajasini oshirish;

8. Sport natijalarini monitoring qilish va yutuqlarni baholash maqsadida sportchilar faoliyatini roʻyxatga olish boʻyicha www.skm.uz saytida “Skm-sportsmen”, trenerlarning maʼlumotlar bazasini shakllantirishni taʼminlash boʻyicha “Skm-trener” va respublikaning jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirishni taʼminlash boʻyicha – “Skm-sportinshoot” axborot tizimlarini oʻz ichiga olgan Jismoniy tarbiya va sportning milliy integratsiyalashgan axborot tizimi tashkil etish ishlarini olib borish.

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.10.2019 | 13:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169