Samarqandda badminton boʻyicha viloyat chempionati boʻlib oʻtdi

 

21-22-fevral kunlari Samarqand viloyati oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabida 2005-yil va undan katta yoshdagilar oʻrtasida sportning badminton turi boʻyicha viloyat chempionati boʻlib oʻtdi.
 

Mazkur sport musobaqasida Samarqand shahri, Pastdargʻom, Jonboy, Toyloq va Payariq tumanlardan jami 75 nafar sportchilar ishtirok etdi.


Musobaqa natijasiga koʻra oʻgʻil bolalar oʻrtasida Mahmud Egamov birinchi, Navroʻz Normuhamedov ikkinchi va Abu Bakir Xamraqulov uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Qiz bolalar oʻrtasida Nozanin Ahrorova birinchi, Sabina Najmidinova ikkinchi hamda Ruxshona Sayfullayeva uchinchi oʻringa sazovor boʻlishdi.

Juftlik bahslarida “Miks” boʻyicha Xamraqulov Abu Bakir va Sharipova Sitora 1-oʻrinni, Egamov Maxmudva Axrorova Nozanin, 2-oʻrinni va Normuxamedov Navroʻz va Najmidinova Sabinalar 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169