Gandbolchi qizlarimiz xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinini yakunlashdi


Joriy yilning 9-23-fevral kunlari gandbol boʻyicha Oʻzbekiston qizlar terma jamoasi Rossiyaning Tolyatti shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazdi.
 


Jamoamiz bilan Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy va sportchi Olimpiada chempioni Pavel Sukasyan, Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy Nina Saveleva, Dimitriy Savelev, Igor Shkrobot, Xalqaro gandbol federatsiyasi lektori Viktor Poladenko hamda Rossiya gandbol federatsiyasi ijroqoʻmi aʼzosi Andrey Stepanov mashgʻulot olib borishdi.
 

Ushbu oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qizlarimiz uchun joriy yilning aprel oyida Livanning Beyrut shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatiga va boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgar koʻrishdi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning dekabr oyida Singapurda oʻtkazilgan gandbol boʻyicha Janubiy-Sharqiy Osiyo ochiq chempionatida oʻzbekistonlik gandbolchi qizlar birinchi, yigitlar ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishgan edi.
 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
16.06.2019 | 23:53
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169