Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga oʻquvchi-sportchilar tanlab olish tartibi tasdiqlandi

Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 2-mh-son “Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3137, 2019-yil 18-fevral).

Gimnastika maktabiga har yili 12 nafar 7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan taʼlim oluvchi iqtidorli oʻquvchi-sportchilar qabul qilinadi. Umumiy kontingent 60 nafarni tashkil etadi, oʻqish muddati 5 yil.

Maktabga oʻquvchi-sportchilarni qabul qilish badiiy gimnastika, sport gimnastikasi va trampolin sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston Gimnastika federatsiyasi bilan kelishilgan holda Gimnastika maktabi direktori tomonidan belgilanadigan kvota doirasida amalga oshiriladi.

Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrugʻi bilan kamida 7 kishidan iborat (komissiya raisi, kotibi va aʼzolari tarkibida) qabul komissiyasi tuziladi.

Hujjatlar har yili 1-avgustdan 10-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza;

oʻquvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi (hujjatlarni

topshirish vaqtida hujjatning asl nusxasi koʻrsatiladi);

oʻquvchining baholar (oʻzlashtirish) tabeli nusxasi (umumiy oʻrta taʼlim

muassasasining oʻquvchisi boʻlmaganlar bundan mustasno);

oʻquvchining 3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi 6 dona rangli fotosurati;

oʻquvchining sport musobaqalarida erishgan natijalarini tasdiqlovchi

hujjatlar, agar mavjud boʻlsa;

oʻquvchining sport pasporti, agar mavjud boʻlsa;

026-U, 063-U va 086-U shakllar boʻyicha tibbiy maʼlumotnomalar.

Qabul komissiyasi tomonidan mazkur bandda koʻrsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov har yili

20-25-avgust kunlari gimnastika maktabi binosida tashkil etiladi. Bunda, sinovlar badiiy gimnastika, sport gimnastikasi va trampolin sport turi boʻyicha alohida kunlarda oʻtkaziladi.

Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovlar video yozuv orqali yozib olinadi va gimnastika maktabida saqlanadi.

Sinovlar mazkur Nizomning 2-3-4-5-6-7-ilovalariga muvofiq badiiy gimnastika, sport gimnastikasi va trampolin sport turlari boʻyicha nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovlarni oʻtkazish metodikasi va nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovlarni baholash mezonlariga asosan oʻtkaziladi.

Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov natijalariga koʻra oʻquvchi-sportchilarning oʻtish ballari teng boʻlib qolgan taqdirda, maktabga sport musobaqalarida erishgan natijalari yuqori boʻlgan oʻquvchi-sportchilar qabul qilinadi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
24.09.2020 | 18:36
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169