Kamondan otish boʻyicha mamlakat birinchiligi boʻlib oʻtmoqda



Xabaringiz bor, kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ayni kunlarda turkiyalik mutaxassis Vladimir Lekviashvili qoʻl ostida nufuzli xalqaro musobaqalar, xususan, 2020-yil Tokioda boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlariga puxta hozirlik koʻrmoqda.

Ushbu jarayonda Respublika miqyosidagi musobaqalar davomida iqtidorli yosh sportchilarni saralab, terma jamoaga jalb etish juda muhim. Bu borada bugun Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida boshlangan yoshlar va kattalar oʻrtasidagi qishki Oʻzbekiston chempionati oʻziga xos ahamiyat kasb etadi. Mazkur musobaqada Fargʻona, Samarqand, Buxoro, Jizzax, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahridan jami 75 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

Bahslar 20-fevralga qadar davom etadi. Natijalar haqida xabar berib boramiz.
 

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.10.2019 | 13:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169