Farhod Umrzoqov pauerlifting boʻyicha Jahon kubogida bronza medalini qoʻlga kiritdi

Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarida pauerlifting boʻyicha Jahon kubogi musobaqalari boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini erkaklar oʻrtasida Navruzbek Abdurasulov (+107 kg), Nuriddin Mengziyayev (-107 kg), Nuriddin Davlatov (-97 kg), Farxod Umirzoqov (-88 kg), Iskandar Tursunbayev (-72 kg), ayollar oʻrtasida esa Roza Qoʻziyeva (-55 kg) va Muslima Nuriddinova (-50kg) himoya qilishmoqda.

Bugun erkaklar oʻrtasida -88 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Farhod Umrzoqov 190 kg natija koʻrsatib, uchinchi natijani qayd etdi va bronza medalga sazovor boʻldi.

Bundan avval ayollar oʻrtasida -55 kg vazn toifasida Roza Qoʻziyeva 110 kg natija koʻrsatib, kumush medalga sazovor boʻlgan edi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.02.2019 | 20:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169