Jismoniy tarbiya oʻqituvchisining ishi reyting tizimi boʻyicha baholanadi

Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrugʻi (4.02.2019-yilda 3135-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi tasdiqlandi.

Prezidentning 5.03.2018-yildagi PF–5368-son Farmonida ushbu tizimni joriy etish nazarda tutilgan, soha vazirligiga tartibga soluvchi nizomni ishlab chiqish vazifasi topshirilgan.

Qabul qilingan hujjat bilan davlat MTM jismoniy tarbiya instruktorlari, maktab, litsey, kollej, oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari, shuningdek kafedra mudirlari (bundan keyin – oʻqituvchilar) faoliyatini reyting baholash tartibi belgilangan.

Oʻqituvchilar har 5 yilda reyting tizimi boʻyicha baholanadi. Ishga yangi qabul qilingan kadrlar ishga qabul qilinganidan keyin 1 yildan soʻng baholanadi. Oliy taʼlim muassasalari yoki kollejlarni bitirib birinchi bor ishga kirganlar kasbiy faoliyatiga 3 yil toʻlgandan soʻng baholanadi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan holda uzoq muddat (3 oydan ortiq) davolanayotgan, homiladorlik, tugʻish hamda bolani parvarishlash taʼtilidagi oʻqituvchilar ish faoliyatiga qaytganlariga 1 yil toʻlgandan soʻng baholashga jalb etiladi.

Oʻqituvchining faoliyati samaradorligining aniqlangan reytingi u bir taʼlim muassasasidan boshqasiga ishga oʻtganda saqlanadi.

 

Baholash qanday amalga oshiriladi

Hududiy jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari vakillari, taʼlim muassasalari va sport federatsiyalarining hududiy boʻlimlari rahbar xodimlari, shuningdek professor-oʻqituvchilar sirasidan boʻlgan kamida 9 kishidan iborat komissiya tuziladi. Tarkib har 5 yilda bir marta yangilanadi. Reyting oʻtkazish tartibi, shartlari va muddatlari bir oy oldin eʼlon qilinadi.

Baholanadigan oʻqituvchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

• pasport, taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat, shuningdek ilmiy daraja yoki ilmiy unvon olganligini tasdiqlovchi hujjat nusxalari (agar mavjud boʻlsa);

• malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi sertifikat nusxasi (agar mavjud boʻlsa).

Baholash pedagog kadrning oʻquv fani boʻyicha malakasi, dars oʻtish mahorati, ish faoliyati samaradorligini, jismoniy tarbiya sohasidagi texnika xavfsizligi qoidalarini bilish darajasini aniqlash maqsadida u bilan bevosita suhbat shaklida oʻtkaziladi. Suhbat jarayoni videotasvirga olinadi, berilgan savollar va javoblar maxsus daftarda qayd etiladi.

Suhbat natijalari asosida alohida taʼlim muassasalari – MTM, maktab, litsey va kollej, oliy taʼlim muassasasi kesimidagi mezonlar (hujjatga ilovalarda taqdim etilgan) asosida baholanadi. Har bir pozitsiya uchun muayyan miqdordagi ballar nazarda tutilgan.

100 ballik tizim boʻyicha reyting tuziladi:

•86–100 ball – faoliyat samaradorligi yuqori;

•71–85 ball – faoliyat samaradorligi oʻrta;

•56–70 ball – faoliyat samaradorligi qoniqarli;

•0–55 ball – faoliyat samaradorligi qoniqarsiz.

Baholash natijalari 3 kun ichida Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga yuboriladi, u oʻqituvchilar reytingining elektron bazasini yuritadi. Reyting tizimining alohida koʻrsatkichlari asosida oʻqituvchilar moddiy jihatdan ragʻbatlantiriladi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 5.02.2019-yildan kuchga kirdi.

 

Manba: www.norma.uz

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.02.2019 | 20:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169